22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yilgi davlat byudjeti qonuni qabul qilindi.
Qonunning 6-ilovasiga ko’ra, Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining daromadlari prognozi 5 trln. 437,8 mlrd. so’m, xarajatlar prognozi 7 trln. 617,1 mlrd. so’m belgilandi.
Qonunning 7-ilovasiga asosan, 2023 yil Respublika byudjetidan Farg’ona viloyati byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfert miqdori 2 trln. 179,3 mlrd. so’mni tashkil etadi.

