Skip to content

Grapes and gardens investment

Mahsus imkoniyatlar
Menu
  • Bosh sahifa
  • Jamiyat haqida
    • Jamiyat tarixi
    • Raxbariyat
    • Maqsad va faoliyat
    • Tuzilma
    • Bo’sh ish o’rinlari
    • Ish grafigi
    • Rivojlanish strategiyasi
    • 176 bo’yicha boshqa ma’lumotlar
    • Tobe jamiyatlar
  • Ishlab chiqarish
    • Ko’rsatiladigan xizmatlar po’yxati
    • Texnologik hom ashyo
    • Texnologik jarayon
  • Korporativ boshqaruv
    • Aksiyadorlarga
      • Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorlari va ovoz berish yakunlari
      • Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish haqida xabar
      • Aksiyalarni sotib olish
      • Auditorlik xulosasi
      • Dvidentlar to’lanishi
    • Boshqaruv va nazorat organlari
    • Ichki hujjatlar
      • Biznes reja
      • Guvohnomalar
      • Jamiyat aktsiyadorlik kapitali tarkibi
      • Korporativ boshqaruv kodeksi
      • Nizomlar
      • Ustav/O’zgartirish va qo’shimchalari
    • Ma’lumotlarni oshkor qilish
      • Affilangan shaxslar
      • Jamiyat ko’rsatkichlari
      • Marketing rejasi
      • Moliyaviy xisobotlar
      • Muhim faktlar
      • Qimmatli qog’ozlar emissiya risolasi
    • Tender va kimoshdi savdolari
  • Sayt xaritasi
  • Bog’lanish
Menu

Bank va paxta-to‘qimachilik klasteri hamkorligi

Posted on Dekabr 24, 2022

Yurtimizda yetishtirilgan paxta xom ashyosidan tayyorlangan trikotaj mahsulotlari bugun jahon bozorini zabt etmoqda. “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan press-turda jurnalistlar yirik paxta-to‘qimachilik klasteri – “Fergana global textile” faoliyati bilan tanishish chog‘ida bu fikrlarga to‘liq ishonch hosil qildi.

Gap shundaki, Prezidentimiz raisligida joriy yilning 7 noyabr kuni mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga mamlakatimizda to‘qimachilik tarmog‘ini yangicha sur’atda rivojlantirish, kelgusi yilda 5 milliard dollarlikdan ziyod eksportni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari, jumladan, Turkiya, Misr, Marokashga gazlama va trikotaj mato eksporti uchun transport xarajatlarining 70 foizi qoplab berilishi ta’kidlangan edi. Bu, o‘z navbatida yirik eksportyor – “Fergana global textile” kabi korxonalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

– Albatta, biz tadbirkorlar sohaga oid har bir islohotdan katta manfaat ko‘ramiz, qulayliklar, imtiyozlardan ruhlanib, yangi ishlarga qo‘l uramiz, – deydi “Fergana global textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Mo‘minjon Razzoqov. – Korxonamizning klaster darajasiga chiqishi ham hukumatimiz tomonidan sohaning qo‘llab-quvvatlovi ostida yuzaga keldi. Maqsadimiz yuqori malakali mutaxassislar va zamonaviy texnologiyalarga tayanib, sifatli mahsulot hamda benuqson xizmatimiz bilan jahon to‘qimachilik bozorida yetakchilikni qo‘lga kiritishga qaratilgan. Korxona dastavval to‘qimachilik fabrikasi tarzida tashkil etilgan. Hudud fermerlaridan paxta tolasi sotib olinib, uni yigirish, bo‘yash va to‘qish bilan shug‘ullangan. bugungi kunda fabrika yirik klasterga aylandi. U yerda 1000 ga yaqin hudud aholisi ish bilan ta’minlandi. 13 ming gektardan ziyod paxta yetishtirish maydoni, paxta tozalash, tolani yigirish, bo‘yash va to‘qish zavodlari, shuningdek, laboratoriya hamda standartlashtirish markazlari mavjud.

– “Fergana global textile” viloyatdagi eng istiqbolli korxonalardan biri, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank”ning Farg‘ona mintaqaviy bank xizmatlari ofisi boshlig‘i Baxtiyor Nuritdinov. – Tashkil etilganidan buyon bankimiz bilan hamkorlikda 4 ta loyiha amalga oshirildi. Dastlabki ikkita loyiha bo‘yicha xorijiy kredit liniyasi hisobidan Shveysariya, Germaniya, Italiya, Turkiya davlatlaridan ilg‘or to‘qimachilik dastgohlari hamda texnologiyalar olib kelishga ko‘maklashildi. Joriy yil boshidan buyon esa yana ikki marta kredit chiqarilib, paxta xom ashyosini yetishtirish bilan bog‘liq xarajatlari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi. Ayni paytda klaster tomonidan bir yig‘im-terim mavsumida 40 ming tonnadan ziyodroq hosil olinmoqda. Yigiruv fabrikasida kuniga 35 tonna, trikotaj matolar bo‘yicha 20 tonna, bo‘yash sexida esa 30 tonna mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Eksport geografiyasi Italiya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Marokash, Turkiya, Xitoy, Polsha, Misr, BAA, Bangladesh, Moldova, Pokiston hamda MDH davlatlarini o‘z ichiga oladi. Bu boradagi ko‘rsatkich joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, 45 million AQSH dollaridan ortdi.  

Press-tur davomida jurnalistlar to‘qimachilik sanoati majmuasidagi uch toifada ishlab chiqarilayotgan turli iplar, bo‘yalgan trikotaj va bosma mato mahsulotlari xususiyatlari haqida mutaxassislardan batafsil ma’lumot oldi. Joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, bankning Farg‘ona mintaqaviy bank xizmatlari ofisi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravarga o‘sgan. 55 ta loyihani moliyalashtirish maqsadida 510,3 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilgan. Buning hisobiga 360dan ziyod ish o‘rni yaratilgan.

M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), O‘zA.

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Korporativ boshqaruv

  • Aksiyalarni sotib olish
  • Auditorlik xulosasi
  • Dvidentlar to’lanishi
  • Biznes reja
  • Guvohnomalar
  • Nizomlar
  • Ustav/O’zgartirish va qo’shimchalari
  • Affilangan shaxslar
  • Jamiyat ko’rsatkichlari
  • Marketing rejasi
  • Moliyaviy xisobotlar
  • Muhim faktlar
  • Qimmatli qog’ozlar emissiya risolasi

Arxivlar

  • Dekabr 2022 (2)
  • Iyun 2020 (1)
  • May 2020 (4)
Mart 2023
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
« Dek    

Biz haqimizda

Grapes and gardens investment – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotish

Manzil: Farg’ona viloyati, Farg’ona sh., Al-Farg’oniy ko’chasi, 64-uy

Email: gardeninvestment@umail.uz

So’ngi yangiliklar

  • Bank va paxta-to‘qimachilik klasteri hamkorligi Dekabr 24, 2022
  • OLIY MAJLIS TOMONIDAN QABUL QILINGAN 2023 YILGI DAVLAT BYUDJETI QONUNIDA FARG’ONA VILOYATI MAHALLIY BYUDJETINING DAROMADLARI PROGNOZI 5 TRLN. 437,8 MLRD. SO’M BELGILANDI Dekabr 24, 2022
  • KU TAVSIYA ETADI Iyun 4, 2020
  • Markaziy banki aprel oyida muomalaga qo‘shimcha 1,4 trln so‘m chiqargan May 18, 2020
  • Birjada bir haftada qancha shakar va benzin sotilgani ma’lum bo‘ldi May 18, 2020

Foydali havolalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali Rasmiy sayti

Yagona korporativ axborot portali

FOND BOZORINING AXBOROT-RESURS MARKAZI

©2023 Grapes and gardens investment | Sayt materiallaridan foydalanilganda www.gardeninvestment.uz ga havola qilish majburiydir!